Foto: «BRINK Asia»
Koreya neft uyushmalari ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya neftni qayta ishlovchi kompaniyalari salohiyati bo‘yicha jahonda beshinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Tashkilot ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, 2018 yilda Janubiy Koreyada bir sutkada o‘rtacha 3 346 000 barrel neft qayta ishlangan.
Bir sutkada o‘rtacha 18,76 mln. barrel neftni qayta ishlayotgan AQSh bu jabhada global yetakchi. Xitoyda esa bir-kecha-kunduzda 15,65 mln. barrel «qora oltin» foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Rossiya va Hindiston — 6,59 va 4,97 mln. barreldan.
Umuman olganda, jahon bo‘yicha bir sutkada o‘rtacha 82,9 mln. barrel neft qayta ishlanmoqda. Bilish qiyinmaski, global neft mahsulotlari bozorining qariyb 60 foizi yuqoridagi «beshlik» nazorati ostida.
Janubiy Koreya mamlakatda neftni qayta ishlash sohasi ilk yo‘lga qo‘yilgan 1964 yildan beri birinchi marta 2018 yilda Yaponiyani ish hajmi bo‘yicha ortda qoldirdi. Koreyslar neft iste’moli bo‘yicha global bozorda 8-o‘rinda — sutkasiga o‘rtacha 2,79 mln. barreldan. Demak, mamlakat o‘z ehtiyojidan ko‘p mahsulot ishlab chiqaryapti. Boshqacha aytganda, neft mustaqilligi!
Neft iste’moli bo‘yicha ham AQShga yetadigan davlat yo‘q — 20,45 mln. barrel (sutkasiga). Shunchalik ko‘pki, hammadan ziyod neftni qayta ishlovchi Qo‘shma Shtatlar kemtikni import bilan yopmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Xitoy va Hindiston — 13,52 mln. va 5,15 mln. barreldan. Chin yurti ichki ehtiyojini qoplay oladi, hindlar esa yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi