19:53 / 17.07.2019
4 007

OAV: Malayziya sobiq qiroli «Moskva go‘zali» bilan ajrashdi

OAV: Malayziya sobiq qiroli «Moskva go‘zali» bilan ajrashdi
Foto: AFP
Malayziya sobiq qiroli Muhammad V rossiyalik, «Miss Moskva-2015» go‘zallik tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina bilan ajrashdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asosan Daryo.uz xabar qildi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, ajralish haqida hujjatlar Singapur sudiga 22 iyun kuni taqdim etilgan bo‘lib, hujjatlashtirish jarayoni 1 iyulda yakunlandi.
Nashr ajralish sababini ma’lum qilmagan, biroq internetda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, tomonlar shar’iy ravishda nikohini bekor qilishgan.

Muhammad V o‘zi esa bu xabarni tasdiqlamadi.

O‘tgan yil noyabr oyida Muhammad V va Oksana Voyevodina turmush qurishdi. Ungacha rossiyalik sohibjamol islom dinini qabul qildi va o‘ziga Rixana ismini oldi. To‘y marosimi Moskva viloyatidagi Luxury Village Barvixa konsert zalida o‘tkazildi.

Shu yilning yanvar oyida Muhammad V kutilmaganda taxtdan voz kechdi va Kelantan shtati xukmdori maqomini saqlab qoldi.
21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petra Bin Tenku Muhammad V Faris Petra deb qo‘yildi.

Voyevodina Instragram sahifasida o‘g‘lini «Kelantan sultonligining shahzodasi va bo‘lajak Malayziyaning qiroli» deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Malayziya sobiq qiroli «Moskva go‘zali» bilan ajrashdi