15:55 / 19.07.2019
3 857

Xitoylik erkak 1 oylik nevarasiga spirtli ichimlik berib, uni o‘ldirib qo‘ydi

Xitoylik erkak 1 oylik nevarasiga spirtli ichimlik berib, uni o‘ldirib qo‘ydi
Foto: Reuters
Xitoyning Pekin shahrida erkak 1 oylik nevarasiga spirtli ichimlik berib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, qarindoshlar va do‘stlar oilada yangi chaqaloq tug‘ilganini nishonlash uchun yig‘ilgan. O‘shu kuni chaqaloq 1 oylik bo‘lgan. Bolaning otasi tomondan bo‘lgan buvasi qadah ko‘tarib tilak bildirgan. Shunda mehmonlardan biri hazil qilib, buvasi spirtli ichimlikni nevarasisiz ichmasligini aytgan.

Shu sababli erkak qadahidagi ichimlikdan nevarasiga ho‘platgan. Chaqaloqning onasi zudlik bilan bolani qo‘liga olgan. Oradan yarim soat o‘tib bola nafas olmay qolgan. U kasalxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uni reanimatsiya qilishga ulgurmagan.

O‘tkazilgan so‘nggi tekshiruvlar bola spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida o‘lganini ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik erkak 1 oylik nevarasiga spirtli ichimlik berib, uni o‘ldirib qo‘ydi