07:47 / 27.07.2019
2 690

Yevropa Ittifoqi AQShning o‘lim jazosi ijrosini tiklaganini qoraladi

Yevropa Ittifoqi AQShning o‘lim jazosi ijrosini tiklaganini qoraladi
Yevropa Ittifoqi AQSh federal hukumatining o‘lim jazosi ijrosini qayta tiklashga doir qarorini qoraladi. Rasmiy Bryussel bayonotiga ko‘ra, Amerika federal hukumatining 16 yillik moratoriydan so‘ng, o‘lim jazosini ijro etish amaliyotiga qaytishi Inson huquq va erkinliklari umumjahon deklaratsiyasiga ziddir. YeI tashqi siyosat va xavfsizlik qo‘mitasi shunday bayonotini e’lon qildi.

«16 yil davom etgan moratoriydan so‘ng, AQSh Adliya vazirligi o‘lim jazolarini ijro etishni qayta boshlashini xabar qildi. Bu qaror ushbu jazo turini dunyo bo‘ylab yo‘qotishga bo‘lgan urinishlarga ziddir. O‘lim jazosi Inson huquq va erkinliklari Umumjahon deklaratsiyasida ta’kidlangan insonning yashash huquqini buzadi. Bu shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va insoniyat jamiyati qadr-qimmatini kamsituvchi jazodir», - deyiladi bayonotda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, YeI «o‘lim jazosini mutlaq qoralaydi va uning bekor qilinishi uchun kurashadi».

Bundan tashqari, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi (DIIHB) AQSh federal hukumatining ayni qarorini tanqid qildi. Byuro boshlig‘i Ingibyorg Solrun Gisladottir Twitter sahifasida shu haqda bayonot qoldirdi.

«Qo‘shma Shtatlar Adliya vazirligining federal o‘lim jazosi - shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni puchga chiqaruvchi jazoni qayta tiklash qaroridan hafsalam pir bo‘ldi. DIIHB ko‘p bora takrorlaganidek, YeXHTning barcha mamlakatlari o‘lim jazosini butunlay bekor qilishni ko‘rib chiqish majburiyatini olgan», - deb yozdi Byuro rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi AQShning o‘lim jazosi ijrosini tiklaganini qoraladi