06:36 / 28.07.2019
2 192

AQSh Oliy sudi Trampga Pentagonning 2,5 mlrd dollarini chegaradagi devorga sarflashga ruxsat berdi

AQSh Oliy sudi Trampga Pentagonning 2,5 mlrd dollarini chegaradagi devorga sarflashga ruxsat berdi
Foto: AP
AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatiga Pentagon jamg‘armasidan 2,5 milliard dollarni Meksika bilan chegaradagi devorni qurishga sarflashga ruxsat berdi. «RIA Novosti»ning yozishicha, bu haqda sud qarorida aytilgan.

Prezident ma’muriyati bilan Vakillik palatasi demokratlari va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti sudlashgan. Oliy sud bundan xarajatni noqonuniy deb topgan quyi instansiya sudi qarorini bekor qilgan.

Deputatlarning fikricha, Tramp o‘z qarori bilan federal byudjetning barcha pul ajratmalarini tasdiqlashi kerak bo‘lgan Kongress vakolatlarini buzmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qiluvchi tashkilot esa devor ko‘plab o‘simlik va hayvonlar populyatsiyasiga salbiy tas’ir ko‘rsatishini aytgan.

Devor noqonuniy muhojirlar oqimiga barham berish maqsadida qurilmoqda. Bu Trampning saylovoldi kampaniyasida bergan asosiy va’dalaridan biridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Oliy sudi Trampga Pentagonning 2,5 mlrd dollarini chegaradagi devorga sarflashga ruxsat berdi