2 484
Jeenbekov Rossiya Qirg‘izistonning yaqin ittifoqchisi va strategik hamkori ekanligini ta’kidladi
Qirg‘iziston Rossiya bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Cho‘lpon-Otada Qirg‘iziston-Rossiya yoshlar yetakchilari forumi ishtirokchilari bilan uchrashuvda.
"Bizni Rossiya bilan tarixiy do‘stlik, ittifoqchilik va o‘zaro hurmatga asoslangan ishonchli munosabatlar bog‘lab turadi. Men ko‘p bor ta’kidlaganman, yana bir bor aytaman, Rossiya bizning yaqin, ishonchli ittifoqchimiz va strategik hamkorimiz. Biz Rossiya bilan birgalikda oldinga harakat qilish, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni maqsad qilganmiz", - dedi Jeenbekov.
Jeenbekov shu yilning martida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bishkekka tashrifi davomida hamkorlikning ko‘plab masalalari muhokama qilinganini aytdi.
Ikki davlat yoshlar yetakchilarining forumi 25 iyulda boshlandi va 30 iyulgacha davom etadi.
Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi