Hindiston parlamentining yuqori palatasi musulmon erkaklarning xotinlariga “uch taloqsan” deyishini taqiqlovchi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda “Yevronyus”ga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.
Ushbu qonunni buzgan musulmonlar uch yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Adliya vaziri Ravi Shankar Prasadning ma’lum qilishicha, qonun loyihasi uchun 99 deputat ovoz berdi, 88 nafari qarshi chiqdi. Ko‘plab deputatlar betaraf qolishni ma’qul ko‘rdi. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi mazkur qonun loyihasining qabul qilinishini “gender adolatining g‘alabasi” deb atadi. Parlamentning quyi palatasi bu qonunni o‘tgan yili tasdiqlagan edi.
Muxolifatdagi “Umumhindiston musulmon koalitsiyasi” esa yangi qonunni tanqid qilib, bunday qaror hukumat tomonidan emas, musulmon yetakchilari tomonidan qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi