00:23 / 03.08.2019
4 075

Rossiyada vaqtincha yashash uchun ruxsat olish soddalashtirildi

Rossiyada vaqtincha yashash uchun ruxsat olish soddalashtirildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin alohida toifadagi xorij fuqarolariga vaqtincha yashash uchun kvotadan tashqari ruxsat berishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, vaqtincha yashash uchun ruxsat olish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddati 6 oydan 4 oygacha qisqartirildi. Shuningdek, alohida toifadagi xorij fuqarolariga vaqtincha yashash uchun kvotadan tashqari ruxsat beriladi. Bu norma Rossiyada tug‘ilgan, Rossiya fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan, Rossiyaga ko‘ngilli ravishda ko‘chib o‘tish dasturi ishtirokchisi bo‘lgan, qochoq deb tan olingan yoki Rossiyadan vaqtinchalik boshpana olgan fuqarolarga tatbiq etiladi.

Yashash guvohnomasini cheklanmagan muddatga berish amaliyoti joriy etiladi (hozirda yashash guvohnomasi besh yil muddatga beriladi), bundan yuqori malakali mutaxassislar va ularning oila a’zolari (ishlash uchun ruxsatnoma tugash muddatiga qadar beriladi) hamda malakali mutaxassislar (uch yil muddatga beriladi) mustasno.

Vaqtinchalik yashashga ruxsat olmasdan yashash guvohnomasi olishi mumkin bo‘lgan xorij fuqarolari doirasi kengaytirildi. RSFSR hududida tug‘ilgan va o‘tmishda SSSR fuqarosi bo‘lgan, hamda Qrim muxtor ittifoq respublikasidan deportatsiya qilinganlar va ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlari ana shunday fuqarolar toifasiga mansub deb hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada vaqtincha yashash uchun ruxsat olish soddalashtirildi