14:55 / 05.08.2019
3 381

AQShdagi otishmada jinoyatchi o‘z singlisini otib qo‘ydi

AQShdagi otishmada jinoyatchi o‘z singlisini otib qo‘ydi
Foto: Getty Images
AQShning Ogayo shtatida 4 avgust kuni otishma sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo.
Uni shu shtatda joylashgan Bellbruk shahrida yashovchi 24 yoshli Konnor Betts uyushtirgan. Xabarda aytilishicha, politsiya ertalab uning uyida tintuv o‘tkazgan.

Otishma sodir etganlikda gumonlangan yigitning singlisi mashinada otilgan holda topilgan. Konnor Betts uning do‘stini ham otgan, ammo u tirik qolgan. Ular otishmaning birinchi qurbonlari bo‘lgan, lekin boshqalardan keyinroq topilgan.

Otishma Deyton shahrida sodir bo‘lgan bo‘lib, jinoyatchi shahar markazida joylashgan Ned Peppers bari yaqinida odamlarni o‘qqa tutgan. Oqibatda hujumchi bilan birga 10 kishi halok bo‘lgan, 16 nafari yaralangan.

Avvalroq Texasning El-Paso shahrida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 26 nafari yaralangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShdagi otishmada jinoyatchi o‘z singlisini otib qo‘ydi