BMT dangasalarga dunyoni qutqarish bo‘yicha qo‘llanma tuzdi. «Korrespondent.net»ning yozishicha, unda tinchlikni ta’minlash va uni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan choralar to‘plangan.
Tashkilot 2030 yilgacha amalga oshirish zarur bo‘lgan bosh maqsadlarga ochlik va qashshoqlikni yo‘q qilish, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi zudlik bilan kurashish choralarini ko‘rish, gender tenglik va iqtisodiy o‘sishga erishish, shuningdek, atrof-muhitni asrashni kiritgan.
BMTning ta’kidlashicha, ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun nafaqat turli davlatlar hukumatlari javobgar, balki har bir inson, hatto eng dangasasi ham bunga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
Qo‘llanmaning birinchi bobiga divandan turmasdan ham bajarish mumkin bo‘lgan ishlar keltirilgan. Bular qatoriga elektr energiyasini tejash, qog‘ozni tejash uchun to‘lovlarni onlayn amalga oshirish kabilar kiritilgan.
Shuningdek, BMT shaxsiy mashina o‘rniga jamoat transportidan foydalanishni, undan ham yaxshisi, velosipedga o‘tishni tafsiya qilgan.
Ikkinchi va uchinchi boblarda esa yanada yuqori darajadagi javobgarliklar o‘rin olgan. Bular qatoriga idish va kirlarni yuvishda suvni tejash va tezroq cho‘milish kiritilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar go‘sht o‘rniga meva va sabzavotlarni iste’mol qilish va ovqatni tashlashni bas qilishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi