Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyatida joylashgan Cholpon-Ata kurortiga bordi. Ertaga u yerda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkaziladi. Avvalroq Medvedevning tashrifi 9-avgustga moʻljallangani aytilgandi. Ammo Rossiya hukumat rahbari kutilganidan bir kun oldin Qirgʻizistonga bordi.
Ertaga boshlanadigan kengash yigʻilishida Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bosh vazirlari ham qatnashadilar. Medvedev Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan ham uchrashadi. Uchrashuv vaqtida tomonlar Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qoʻlga olinishi haqida gaplashishlari aniq emas.
Oldinroq Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishi oʻtkazilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻlgan va bu Atamboyevning qoʻlga olinishi bilan bogʻliqligi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi