17:57 / 10.08.2019
3 157

Sayyohlar Qirg‘izistonga borishdan bosh tortmoqda

Sayyohlar Qirg‘izistonga borishdan bosh tortmoqda
Chet ellik sayyohlarning bir qismi mamlakatga kelishdan bosh tortishdi, deb xabar qilmoqda Sof.uz nashri.

"Turistlar soni qisqardi. Pansionat va oromgoh egalari hamda boshqaruvchilari ko‘plab chet elliklar bron qilingan joylardan voz kechayotgani haqida aytishmoqda", - degan savolga javoban Qirg‘iziston Turistik alyans direktori Meder Tilekmatov.

Odamlar haqiqatan ham o‘zlarining hordiq vaqtini yo‘qqa chiqarmoqchi emas, qolaversa, shaxsiy xavfsizlik masalasi ham ular uchun muhim. Turistlarning o‘zaro muloqotlari skrinshotlari ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun ulardan birida qaysidir turist hordiq chiqarish uyida amalga oshirgan bronidan voz kechgani aks etgan bo‘lsa, boshqalarida hozir Issiq-Ko‘l xavfsizmi, degan savollar yozilgan.

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi turizm departamenti rahbari Maksat Damir o‘g‘li QR kelishdan voz kechish holatlari haqiqatan borligini, ammo ular u qadar ko‘p emasligini aytmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatni Qirg‘iziston turistlarni yoppasiga yo‘qotadi, deya talqin qilish mumkin emas.

Almazbek Atambayev 8 avgust kuni ikkinchi shturm davomida qo‘lga olindi. Sobiq prezidentni o‘z qarorgohidan Bishkekka aylanma yo‘l bilan olib ketishgan - tarafdorlari uni olib qolish uchun qattiq kurash olib borgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Atambayevni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya oqibatida ikki kun ichida 85 kishi jabrlangan, maxsus xizmat xodimlaridan biri o‘qotar quroldan yaralanish oqibatida halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyohlar Qirg‘izistonga borishdan bosh tortmoqda