Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko davlat tergovlar byurosi binosidan chiqqandan so‘ng noma’lum shaxslar unga tuxumlar uloqtirdi, deb xabar beradi RIA Novosti axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, tuxumlar jurnalistlarga, Poroshenko tarafdorlariga hamda politsiya xodimlariga ham tekkan.
So‘roq "Pryamoy" kanalini sotib olayotganda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holati bilan bog‘liq bo‘lgan va deyarli uch soat davom etgan. Undan keyin sobiq prezident jurnalistlar bilan qisqacha suhbatlashib jo‘nab ketgan.
Poroshenkoning advokati Igor Golovanning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, so‘roq paytida sobiq davlat rahbari «Kuznitsa na Rыbalskom» zavodining sotilish ishi bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar bergan.
Advokat, shuningdek, Poroshenko uchta ish bo‘yicha guvoh sifatida o‘tayotgani, so‘roq vaqtida unga yana bitta ish haqida ma’lum qilinganini ta’kidlab o‘tgan.
Ukraina davlat tergovlar byurosi direktori Roman Truba sobiq prezidentning keyingi so‘roq qilinishi poligraf yordamida o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Avvalroq Truba Poroshenko va boshqa mansabdor shaxslarga qarshi 11 ta jinoiy ish olib borilayotganini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida. Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko sobiq prezident barcha holatlar bo‘yicha guvoh sifatida o‘tayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Poroshenkoning o‘zi Ukraina xalqi oldida javobgar ekanligi va ta’qib qilinishdan qo‘rqmasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi