14:34 / 13.08.2019
3 968

Almazbek Atamboyevga qotillik ayblovi qoʻyildi

Almazbek Atamboyevga qotillik ayblovi qoʻyildi
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev qotillik va boshqa qator ogʻir jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti Bosh prokuratura xodimiga tayanib xabar berdi.

Knews xabariga koʻra, Bosh prokuratura Qoʻy-Toshdagi voqealar munosabati bilan sobiq prezident Almazbek Atamboyevga qarshi ayblov eʼlon qildi. Bu haqda bosh prokuror Otkurbek Jamshitov maʼlum qilgan.

“Bugun Atamboyevga tartibsizliklarni uyushtirish, qurol-yarogʻning noqonuniy aylanmasi, tergovga toʻsqinlik qilish, odamlarni garovga olish, oʻldirish va qotillikka urinish ayblovlari qoʻyildi”, - dedi bosh prokuror.

Unga koʻra, Atamboyevga tashkilotchi sifatida Qirgʻiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining turli moddalari - “Hokimiyat vakiliga tahdid yoki zoʻravonlik”, “Prokuror, tergovchi, tergov idorasining vakolatli mansabdor shaxsi faoliyatiga toʻsqinlik qilish”, «Ommaviy tartibsizliklar», “Qotillik”, “Qotillikka urinish”, “Odamlarni garovga olish”, “Qurolning noqonuniy aylanmasi” moddalarida koʻzda tutilgan bir qator jinoyatlar boʻyicha ayblovlar qoʻyilgan.

Avvalroq, respublika Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Orozbek Opumbayev Atamboyev maxsus kuchlarga qarata oʻq uzganini aytgan edi.

Qirgʻiziston sobiq prezidentining oʻzi “tarafdorlarida hatto choʻzma (rogatka) ham boʻlmaganini” iddao etgan. Shu bilan birga, uning tasdiqlashicha, oʻz qarorgohiga hujum boshlanganda oʻq uzgan.

“Men yigitlar uchinchi qavatga chiqishganida oʻq uzdim. Yigitlarga tegib ketmaslikka harakat qildim”, - dedi Atamboyev.
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sud qarori bilan 26-avgustgacha hibsga olingan. U 8-avgust kuni ushlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atamboyevga qotillik ayblovi qoʻyildi