Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni iste’foga chiqardi

  • 11 sentyabr 2019, 00:03
  • 453
  • Dunyo
  • Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni iste’foga chiqardi
    Foto: Zuma/TASS
    AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni iste’foga chiqardi. Tramp o‘z qarorini Boltonning ko‘p takliflariga qarshi bo‘lgani bilan tushuntirgan.

    «Kecha kechqurun Jon Boltonga Oq uyda uning xizmatlariga boshqa ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qildim. Men ma’muriyatdagi boshqalar kabi uning ko‘plab takliflariga qarshiman va shu sababli undan iste’foga ketishni so‘radim», deb yozgan Tramp tvitterda.

    AQSh prezidentining ta’kidlashicha, Bolton uning iltimosini bajarib, 10 sentyabr ertalab iste’foga chiqishga ariza yozgan.
    Tramp, shuningdek, maslahatchisiga hamkorlikda qilingan ishlar uchun minnatdorlik bildirgan va milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchisi ismini keyingi haftada ma’lum qilishini aytgan.

    «Men iste’foga chiqishimni kecha kechqurun taklif qilgandim va prezident Tramp buni ertaga muhokama qilishimizni aytgandi», deb izoh bergan vaziyatga Boltonning o‘zi.

    Avvalroq OAVda vitse-prezident Mayk Pens va Jon Bolton AQSh delegatsiyasining «Tolibon» yetakchilari bilan uchrashishiga qarshi ekanliklari yozilgandi.
    Keyinroq Trampning o‘zi toliblar bilan muzokaralar bekor qilinganini ma’lum qilgan.

    O‘z vaqtida AQShning BMT qoshidagi maxsus vakili bo‘lgan Jon Bolton 2018 yilning aprelida prezidentning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallagandi, u bu lavozimda bir yilga yaqin vaqt davomida ishlagan Gerbert Makmasterni almashtirgandi. Makmaster esa 2017 yilda bu lavozimda bir oydan kamroq vaqt ishlagan (20 yanvardan 13 fevralgacha) Maykl Flinn o‘rniga kelgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni iste’foga chiqardi