15:05 / 13.09.2019
2 608

Milliarder koinotga uchish uchun biznesidan voz kechdi

Milliarder koinotga uchish uchun biznesidan voz kechdi
Foto: «News 2 World»
Yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava «Zozo» kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar onlayn-reteyleri aksiyalari nazorat ulushini sotishga rozi bo‘ldi. Xaridor ham tayyor, bu – «Yahoo Japan», kelishuv qiymati 3,7 milliard dollarga baholanmoqda, deb yozadi «Xabar» nashri.

Maedzava «Zozo»ning 30,4 foizini sotdi. Shu paytgacha unga 36,8 foizi tegishli edi. Bundan tashqari, kelishuvga ko‘ra, u kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishi kerak.

«Forbes» Maedzavaning mol-mulkini 2,2 milliard dollarga baholagan. U dunyoga mashhur san’at asarlari kolleksioneri sanaladi. Masalan, 2017 yili u 110,5 million dollarga Jan-Mishel Baskiya rasmini sotib olgan: bu amerikalik musavvirlar uchun rekord narxda sotilgan asar bo‘ldi. 2018 yilning sentyabrida yaponiyalik milliarder Oy orbitasiga safar qilgan birinchi koinot sayyohiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Milliarder koinotga uchish uchun biznesidan voz kechdi