22:22 / 14.09.2019
3 415

Tramp bin Lodinning o‘g‘li o‘ldirilganini ma’lum qildi

Tramp bin Lodinning o‘g‘li o‘ldirilganini ma’lum qildi
Hamza bin Lodin/Foto: CIA / AP
AQSh prezidenti Donald Tramp “Al-Qoida” terrorchilik guruhining asoschisi Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin AQSh operatsiyasi natijasida o‘ldirilganini ma’lum qildi.

“Al-Qoida”ning yuqori lavozimli a’zosi va Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin AQShning Afg‘oniston va Pokiston hududida o‘tkazgan antiterror operatsiyasi davomida o‘ldirildi”, - deyiladi Trampning bayonotida.

Trampning qayd etishicha, Hamza bin Lodin turli terrorchilik guruhlari bilan ishlash uchun javobgar bo‘lgan.
Shu yilning yozida Hamza bin Lodinning o‘ldirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan, ammo AQSh bu xabarlarni rasman tasdiqlamagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp bin Lodinning o‘g‘li o‘ldirilganini ma’lum qildi