Foto: hetblauwehart.org
Niderlandiyadagi Ketelmer ko‘li yuqoridan nazar tashlaganda jumboqli ko‘rinadi. Ulkan havza suv sathining o‘rtasida mukammal aylana shaklidagi sun’iy to‘g‘onga ko‘z tushadi. Uning ichida ham diametri taxminan 1 km maydonli ko‘l mavjud. Nima uchun bu yerni damba bilan o‘rashgan va uning ichida nima yashiringan?
Noodatiy aylana ko‘tarma paydo bo‘lishining sababi Ketelmer ko‘lining ekologik holati yomonligiga borib taqaladi. Gap shundaki, ko‘lga Eyssel daryosi kelib quyiladi. Bu nom ko‘pchilikka tanish emas. Eyssel Reyn daryosining so‘l shoxobchasi hisoblanib, undan daryoning quyi oqimida ajraladi. Bundan ayonki, bu daryo bir necha o‘nlab yillar davomida ko‘lga katta miqdorda iflos moddalar olib kelgan. G‘arbiy Yevropaning sanoati rivoj topgan mamalakatlari hududidan oqib o‘tuvchi Reyn o‘nlab shaharlar va zavodlardan chiquvchi ifloslangan oqova suvni qabul qilib oluvchi sifatida yillar davomida xizmat qilgan. Ushbu holat daryoda ifloslantiruvchi moddalar ko‘p jihatdan barcha ruxsat etilgan me’yorlardan oshib ketishiga olib keldi.
Reyndan to‘ldirilgan Ketelmer ko‘li suvining sifati ham shunga o‘xshash vaziyatni taqozo etdi. O‘tgan asr oxirida Yevropa mamalakatlari hukumatlari Reynning dahshatli holatiga o‘z e’tiborlarini qaratishganda, Ketelmerning ekologik holati ham nazardan chetda qolmadi. Odamlar ko‘lni suvning o‘zida ham, quyi cho‘kindilarida ham to‘plangan ifloslantiruvchi moddalardan tozalashni boshlashdi. Shu maqsadda ko‘lni tozalashdan so‘ng hosil bo‘ladigan o‘ta zaharli konsentratni joylashtirish imkonini beruvchi suv tindirgichini qurishga qaror qilindi.
Ko‘lning o‘zi juda chuqur bo‘lmagani sababli izolyatsion to‘g‘onni Ketelmer akvatoriyasining qoq o‘rtasida qurishga kelishildi. Aylana to‘siq ichida 45 metr chuqurlikdagi kotlovan qazilgan, uning tubi va devorlari mustahkam polimer material bilan izolyatsiyalangan. Ko‘l ichidagi ombor Eysselog nomini olgan. Ketelmer tubidagi cho‘kindilar maxsus tozalash stansiyasiga yetkaziladi, u yerda ularni zaharli loyga va ko‘l tuprog‘ining ko‘l uchun xavfsiz bo‘lgan qismlariga ajratishadi. Ko‘lni tozalash ishlari tugagandan so‘ng, loy omborini yuqori qismidan ajratib olib, sun’iy orolga aylantirish rejalashtirilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi