Foto: Olmaota politsiyasi
Olmaotada e’lonlar asosida tanlab olingan qozog‘istonlik model qizlar veb-kameralar orqali mijozlar bilan muloqot qiladigan onlayn-pornostudiya yopildi. Shahar politsiya departamentidan ma’lum qilishlaricha, bu Qozog‘istonda fosh etilgan ilk pornostudiyadir.
Pornografik materiallar Olmaotaning Medeu tumanida ijaraga olingan ikkita hashamatli kvartirada suratga olingan. «Ushbu studiyada ish — texnik ta’minotdan tortib qizlarning uch smena almashib ishlashigacha bari tizimli yo‘lga qo‘yilgan», — deydi politsiya podpolkovnigi Daniyar Mendebayev.
Xabar berishlaricha, tintuv jarayonida ko‘plab buyumlar musodara qilingan. Pornoaktrisalarning ish joyi ko‘plab yumshoq o‘yinchoqlar bilan bezatilgan, karavotda esa katta pahmoq ayiqcha bo‘lgan.
Foto: Olmaota politsiyasi
Modellar 1000 dollar maosh va’da qilingani holda e’lonlar orqali saralab olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qizlar studiyada baribir buncha pul ishlay olmagan.
Qizlar AQSh va Yevropadagi saytlar uchun o‘z tanalarini veb-kameralar orqali namoyish etgan, mijozlar esa buning uchun plastik karta orqali Qozog‘istondan tashqarida joylashgan serverga pul to‘lagan.
Fosh etilgan kvartirada model qizlar va texnik ta’minot uchun mas’ul bo‘lgan qirg‘izistonlik dasturchi yigit qo‘lga olingan. Politsiya «pornografik materiallarni qonunga zid ravishda tarqatish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi