13:18 / 29.09.2019
2 808

Afg‘onistonda prezident saylovlari kunida 113 ta hujum sodir etildi (video)

Afg‘onistonda prezident saylovlari kunida 113 ta hujum sodir etildi (video)
Foto: REUTERS/PARWIZ
28 sentyabrda Afg‘onistonda prezident saylovlari kunida jangarilar sodir etgan 113 ta hujum oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 123 kishi yaralandi. Bu haqda Pajhwok axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” 64 ta hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan, qolgan hujumlar tashkilotchilari noma’lum.

28 sentyabrda Afg‘onistonda 2001 yilda toliblar tuzumi qulagandan keyingi 4-prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda asosiy raqiblar amaldagi prezident Ashraf G‘ani va bosh vazir Abdulloh Abdulloh hisoblanadi. Ularga xavfsizlik bo‘yicha milliy direksiya rahbari Rahmatulla Nabil, afg‘on mujohidlarining sobiq yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor va Afg‘onistonning Londondagi sobiq elchisi Ahmad Vali Mas’ud raqobatchilik qilishi mumkin.

Saylovlar jarayoni radikallar tomonidan muntazam tahdidlar sharoitida o‘tmoqda. Saylovlarning dastlabki natijalari 19 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 7 noyabrda e’lon qilinishi kutilmoqda. Zarurat yuzaga kelsa, saylovlarning 2-bosqichi 23 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda prezident saylovlari kunida 113 ta hujum sodir etildi (video)