21:47 / 29.09.2019
3 089

Britaniyalik erkak uyiga bostirib kirgan uch nafar bosqinchini mushtlari bilan haydab soldi (video)

Britaniyalik erkak uyiga bostirib kirgan uch nafar bosqinchini mushtlari bilan haydab soldi (video)
Foto: Daily Storm
Britaniyalik erkak Rochdeyldagi uyiga bostirib kirgan uch nafar bosqinchini mushtlari bilan haydab soldi. Bu haqda Daily Storm xabar bermoqda.
Asif Alining aytishicha, itlar vovullaganini eshitib, ulardan xabar olmoqchi bo‘lgan va uyining yo‘lagida boshdan-oyoq qora kiyingan kishiga duch kelgan.

«Men ular turmush o‘rtog‘imga yaqinlashishini istamadim. Ularni tashqariga sudrab chiqdim, biroq ular eshikni tortqilashda davom etardi. Keyin ulardan biri pichoqqa o‘xshash narsani yonidan chiqarib, ‘seni o‘ldiraman’ dedi», — deya eslaydi Asif Ali.

Shundan so‘ng Ali ortga, uyga qaytib kirib, oshxonadan bir juft pichoqni olib, eshik tomon chopdi, biroq jinoyatchilar yashirinishga ulgurgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik erkak uyiga bostirib kirgan uch nafar bosqinchini mushtlari bilan haydab soldi (video)