22:55 / 30.09.2019
3 276

Yerdan 31 yorug‘lik yili masofasida Yupiterning sirli «egizagi» tug‘ildi

Yerdan 31 yorug‘lik yili masofasida Yupiterning sirli «egizagi» tug‘ildi
Foto: «E-vesti.ru»
Ispaniyalik astronomlar (Kalar-Alto observatoriyasi) kutilmaganda o‘lchamlari va tuzilishi Yupiterga o‘xshab ketadigan yangi sayyorani aniqlashdi. Kataloniya kosmik tadqiqotlar instituti astronomlari rahbari Xuan Karlos Moralesning aytishicha, sayyora ulkan gaz massalaridan shunchalik favqulodda tez shakllanishga ulgurganki, tadqiqotchilar buni payqamay ham qolishgan.

Fazoviy jism nega ilgari ko‘rinmagan ekan? Tadqiqotchilar uni Quyosh tizimining eng katta sayyorasi — Yupiterga o‘xshatishyapti.
Sayyora massasi Quyosh masassining 12 foiziga teng uncha katta bo‘lmagan GJ 3512 yulduzini aylanmoqda. Bizning 365 kunimiz bu sayyorada 200 kun davom etadi.

Ispaniyalik hamkasblarining topilmasi yangiligini Germaniyaning Maks Plank astronomiya instituti astrofiziklari jamiyati ham tasdiqladi. Endi olimlarni bir narsa o‘ylantiryapti — kutilmaganda ulkan gaz gigantining tug‘ilishi barcha sayyoralarning yuzaga kelishi borasidagi shu paytgacha amalda bo‘lgan modellarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.

Yangi sayyoraning massasi o‘ta ulkan — eng xomaki hisob-kitoblarga ko‘ra, kamida «o‘zimizning» Yupiterning yarmicha keladi. Endi olimlar teleskoplardan olingan ma’lumotlarni tekshirishga tushishadi: gazli gigantlarda hayot bormi, ularda, masalan, odamga o‘xshash mavjudotlar yashay oladimi va h.k.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerdan 31 yorug‘lik yili masofasida Yupiterning sirli «egizagi» tug‘ildi