19:43 / 05.10.2019
2 923

Fransiyalik olimlar falaj bemorning miyasini ekzoskeletga ulab, uni harakatlantirishdi (video)

Fransiyalik olimlar falaj bemorning miyasini ekzoskeletga ulab, uni harakatlantirishdi (video)
Foto: Meduza
Fransiyalik tadqiqotchilar va shifokorlar guruhi bo‘ynidan pastki qismi to‘liq falaj bo‘lib qolgan kishini ongli ravishda ekzoskeletni boshqarishga o‘rgatdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Kostyumga bemorning miyasiga harakat signallarini jo‘natadigan datchiklar o‘rnatildi. Natijada 28 yoshli Tibo ismli erkak 100 metrdan ortiq masofaga harakatlanishga va qo‘li bilan oddiy harakatlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Fransiyaning Clinatec biotexnologiya markazi hamda Grenobl universiteti kasalxonasi tajribaga ikki nafar falaj bo‘lgan bemorni jalb qildi. Ulardan biri texnik muammo sababli dasturdan chetlatilgan. Ikkinchi bemor miyasining sensomotor qismiga ikkita datchik o‘rnatilgan. Balkondan tushib ketishi oqibatida umurtqaning bo‘yin sohasida olingan jarohat bemorning qo‘l va oyoqlarini to‘liq falaj bo‘lishiga olib kelgan.

Miyadan keladigan harakat signallari moslashuvchan algoritm yordamida real vaqt rejimida qayta ishlangan. Miya signallarini talqin qilishda yetarlicha aniqlikka erishish uchun bemor ikki yil davomida tizim bilan fikrlash mashqlarini bajarishi kerak bo‘lgan. O‘rgatish kompyuter o‘yini shaklida o‘tgan — bemorning vazifasi ekrandagi odamni qo‘llari va oyoqlari bilan harakat qilishga majbur qilish bo‘lgan.

2019 yilning iyun oyida Tibo ekzoskeletning yurish va qo‘l harakatini boshqaruvchi dasturi bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Bemor 60-70 foiz muvaffaqiyatga erishgan, umumiy hisobda, u laboratoriya ichida 145 metr yurishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyalik olimlar falaj bemorning miyasini ekzoskeletga ulab, uni harakatlantirishdi (video)