Foto: Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar vazirligi
6 oktyabr kuni Mang‘istau viloyatida gaz va havo aralashmasining portlashi natijasida O‘zbekiston fuqarosi D.I. jarohat oldi. Bu haqda O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, u Beyneu tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirildi. Uning sog‘ligi holati barqaror og‘ir deya baholanmoqda.
Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi hamda bemor hamyurtimizni O‘zbekistonga olib ketish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda uning yaqinlariga yordam bermoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi
Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi?
Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi