19:45 / 08.10.2019
3 023

Rossiya va Turkiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib boradigan bo‘ldi

Rossiya va Turkiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib boradigan bo‘ldi
Foto: AFP 2019 / Yasser Al-Zayyat
Rossiya Moliya vazirligi va Turkiya G‘aznachilik va moliya vazirligi milliy valyutalardagi hisob-kitob va to‘lovlar bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Rossiya Moliya vazirligi xabar berdi.

"Rossiya hukumati va Turkiya hukumati o‘rtasida banklararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga, shuningdek, RF va Turkiya tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida uzluksiz to‘lovlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan hisob-kitoblar va to‘lovlar to‘g‘risida bitim imzolandi", deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, hujjatni tayyorlashdan asosiy maqsad ikki mamlakat o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda milliy valyutalardan foydalanishni (rubl va lira) oshirish va bosqichma-bosqich o‘tish, moliya bozorining tegishli infratuzilmasini yaratish va kompaniyalar uchun milliy valyutalarning jozibadorligini oshirishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Turkiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib boradigan bo‘ldi