Foto: «The Sun»
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II birinchi marta an’anani buzib, parlamentning ochilish marosimida Britaniya imperiyasi tojini kiymadi.
Taxmincha, og‘irligi 2 funt 13 unsiy (1,3 kilogramm) keladigan toj 93 yoshli qirolichaga o‘ta og‘irlik qilgan. An’anaviy qirol toji bir necha mingta brilliant, shuningdek, sapfir, dur va zumradlar bilan bezatilgan.
Xabarga ko‘ra, Yelizaveta II marosimga Georg IV diademasini kiyib chiqqan. Biroq imperiya tojini qirolicha saltanati ramzi sifatida baribir parlamentga olib kelishgan. Qirolicha nutq so‘zlashidan oldin xizmatkorlar tojni yostiqchada olib chiqishgan.
Bu qirolichaning oltmish beshinchi, Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson ishtirokidagi birinchi nutqi bo‘ldi. Yelizaveta II uning hukumati 31 oktyabrda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishini ta’minlashi kerakligini aytdi. Qirolicha vazirlar Yevropa Ittifoqidan chiqish imkoniyatidan foydalanib, Yevropa Ittifoqi bilan yangi hamkorlik qilish ustida ishlashiga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi