12:43 / 22.10.2019
2 921

Qatar ko‘chalariga konditsionerlar o‘rnatilyapti

Qatar ko‘chalariga konditsionerlar o‘rnatilyapti
2022 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Qatarda haddan tashqari issiqqa qarshi chora sifatida ko‘chalarga ham konditsioner o‘rnatilyapti.

Yoz oylarida havo harorati 46 darajaga chiqadigan Qatarda yopiq joylarda konditsionersiz yashab bo‘lmaydi. Bunga qo‘shimcha tarzda jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida stadionlarga ham konditsionerlar o‘rnatildi.

Global isish butun dunyoga tahdid solayotgan bo‘lsa-da, havo haroratining ortishini eng ko‘p his qilayotgan mamlakatlardan biri Qatar hisoblanadi. Atrof muhit va energiya tadqiqotlari instituti vakili Muhammad Ayubning Washington Post bilan suhbatda aytishicha, dunyoda havo haroratining o‘rtacha 2 darajaga ortishi ham Yaqin Sharqqa katta ta’sir ko‘rsatadi.

“Shundoq ham issiq bo‘lgan bu hududda 4-6 darajalik ortish bo‘lishi mumkin. Bunday holat xalq salomatligiga va samaradorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini tekshiryapmiz”, – deydi u.

Qatar aholisini qiynaydigan muammolardan biri – nam darajasining balandligi. Ochiq maydonlarga o‘rnatilayotgan konditsionerlar nam darajasini ham tushiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar ko‘chalariga konditsionerlar o‘rnatilyapti