3 703
Imomali Rahmonning tansoqchilari Parijda tojik muxolifatchilari bilan mushtlashib ketishdi
Joriy yilning 7 noyabr kuni kechqurun, Tojikistonda taqiqlangan «Guruh 24» muxolifat harakati tarafdorlari mamlakat prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari bilan Parij markazida mushtlashib ketishdi. Imomali Rahmon 7 noyabr kuni kechqurun Shveysariyadan Yevropa safari doirasida Parijga keldi, deya xabar beradi «Kun.uz» nashri.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, «Guruh 24» tarafdorlari Fransiya-Tojikiston ishbilarmonlar kengashi a’zolari bilan uchrashuv joyiga yaqin yerda Imomali Rahmonning siyosatiga qarshi shiorlar aytib baqirishgan. Shu payt prezidentning tansoqchilari namoyishchilar oldiga yaqinlashishgan va tarqalishni talab qilishgan, ammo dahanaki jang haqiqiy mushtlashuvga aylanib ketgan.
Namoyishchilarning xabar berishicha, mushtlashuvdan so‘ng voqea joyiga 50ga yaqin fransuz jandarmi va tez tibbiy yordam mashinasi yuborilgan. Jandarmlar tojik muxolifati va Tojikiston prezidentining xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rtasiga turib olishgan hamda Imomali Rahmonning fransuz-tojik ishbilarmonlar kengashi doirasida fransuz ishbilarmonlari bilan uchrashadigan joyiga yaqinlashishga imkon berishmagan.
Imomali Rahmon o‘z safarini 4 noyabr kuni Shveysariyadan boshladi va 5 noyabr kuniyoq «Guruh 24» tarafdorlari Shveysariya poytaxti deb hisoblanuvchi Bern shahrida birinchi norozilik piketini o‘tkazishdi.
7 noyabr kuni kechqurun Rahmon Fransiyadagi tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi, shundan so‘ng bir qator hujjatlar imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida «Talko» va Fransiyaning Fives kompaniyasi o‘rtasida 200 million yevro miqdoridagi kelishuv ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi