22:48 / 14.11.2019
3 972

Dengiz bo'rilari ham mavjud ekanligi aniqlandi

Dengiz bo'rilari ham mavjud ekanligi aniqlandi
Dengiz bo‘rilari bizning tasavvurimiz mahsuli emas, ular Kolumbiyaning Tinch okeani bo‘yida yashaydilar! Biroq, ular juda kamdan-kam ko‘zga tashlanadi, chunki ular o‘rmonlarda yashirinib yurishadi, deya xabar bermoqda Healthy Food House.

Kolumbiya aholisi nisbatan kam aholiga ega, 21 million akr maydonga ega bo‘lib, shuning uchun dengiz bo‘rilari sharoit va tabiatning qiyinchiliklari tufayli shunday shakllangan deya ta’riflanadi.

Raincoast Conservation Foundation kompaniyasidan Kris Darimont ushbu noyob hayvonlarni ommaga ko‘rsatish va "Kanadadagi yangi dengiz sutemizuvchisi" deb nomlangan qirg‘oq bo‘rilari to‘g‘risida ilmiy ish qilish uchun "Rainforest Wolf" loyihasini ishlab chiqdi.

2000-yillarning boshlarida ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan fotosuratchi va pacificwild.org'ning ijrochi direktori Ien Makalister va Kanadalik bo‘ri biologi Pol Paket ushbu dengiz bo‘rilarini tadqiq qilishni boshladilar.

Ular deyarli yigirma yil davomida ushbu ajoyib suzuvchilarni o‘rganib chiqishdi va juda ajoyib dalillarni topishdi. Bo‘rilar ovqatlanishining 90 foizi okeandan keladi va losos baliqlar ular ratsionining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ular mollyuskalar, seld tuxumlari, chig‘anoqlar va kitlarning tana go‘shti bilan oziqlanadilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dengiz bo'rilari ham mavjud ekanligi aniqlandi