2 616
Turkiya-Suriya chegarasi yaqinida sodir bo‘lgan avtomobil portlashi natijasida o‘nlab insonlar halok bo‘ldi
Turkiya mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh shahrida sodir boʻlgan avtomobil portlashi natijasida qariyb 13 kishi halok boʻlgan. Bu portlash Turkiyaning muxolifat jangchilari tomonidan boshqariladigan Tal-Abyad shahrining gavjum bozorida shanba kuni yuz bergan.
Turkiya mudofaa vazirligining bayonot berishicha: “Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlashda 13 fuqaro halok boʻldi va 20 ga yaqin kishi tan jarohati oldi”. Bir guruh jabrlangan erkaklarning jasadini mashina orqasiga yuklab, olib ketishdi. Bu holatga koʻchada kuzatib turgan niqoblangan ayol guvoh boʻlgan.
“Suriyadagi Inson huquqlari rasadxonasi”ning aytishicha, portlash oqibatida halok boʻlgan insonlar orasida turkiyparast jangarilar hamda gunohsiz fuqarolar ham boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoqda Turkiya mudofaa vaziri: “Bu gʻayriinsoniy terrorchilar tomonidan begunoh insonlarga uyushtirgan hujumini qoralaymiz”, - deb aytib oʻtdi. Afsuski, hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh aʼzosi oʻz boʻyniga olganicha yoʻq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi