9 yoshni qarshi olgan bolakay universitet bitiruvchisiga aylandi. Aspiranturada o‘qishini davom ettirish uchun unga ko‘plab professorlar taniqli universitetlarni taklif qilishmoqda.
Hozirda Lourent Simons "Eyndxoven Texnologiya Universiteti" da elektrotexnika mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda. U 9 oyda o‘qishni tugatishni rejalashtirmoqda.
8 yoshida o‘rta maktabni tugatgan Lourent, universitetning birinchi kursini dekabr oyida tugatishi kutilmoqda. So‘ngra, "Alabama universiteti"ni 10 yoshida tamomlagan Maykl Kerni erishgan "dunyoning eng yosh bitiruvchisi" unvonini qo‘lga kiritadi.
Kelajakda u kosmonavt yoki yurak jarrohi bo‘lishni xohlaydi.
Belgiyada tug‘ilgan bu bolakayga "bolalar dahosi" degan nom berilgan va uni Albert Eynshteyn va Stiven Xokingga taqqoslashadi. Shuningdek, u to‘rt tilda bemalol gaplasha oladi. U 4 yoshdan maktabni boshladi, so‘ngra 12 oy ichida besh yillik o‘qishni yakunladi.
Uning dastlabki qobiliyatlarini buvisi hamda bobosi payqab qolishgan. Keyin esa bu haqida ota-onasini ogohlantirishgan.
Uning hozirgi ustozi, professor Piter Baltusning ta’kidlashicha: "Lourent eng aqlli talabalarga qaraganda uch marta ko‘p aql-zakovatga ega".
Yozgi kurslarda dars bergan shveysariyalik professor Jon Uilkes ham bolaga Oksford universitetida o‘qishni maslahat berishini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi