07:30 / 03.12.2019
2 906

Rossiyada 80% maktab oʻquvchilari rep tinglagach, narkotik isteʼmol qiladi

Rossiyada 80% maktab oʻquvchilari rep tinglagach, narkotik isteʼmol qiladi
Rossiyada maktab oʻquvchilarining 80 foizi rep musiqa tinglaganidan keyin giyohvand moddalarni isteʼmol qiladi. Bu haqda Rossiya parlamenti quyi palatasi maʼlumotiga tayanib, Sof.uz xabar bermoqda.

“Bola oʻzining xonasiga kiradi, eshikni yopadi va sevimli rep qoʻshigʻini qoʻyadi. Qoʻshiq fonida esa narkotik modda isteʼmol qilish targʻib qilinadi”, - dedi Jamoatchilik palatasining axborot rivojlanish boʻyicha komissiyasi raisi Aleksandr Malkevich “Internetda narkotik moddalarning targʻiboti va tarqatilishi” mavzusidagi parlament eshituvida.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda giyohvand moddalar haqidagi maʼlumotlarni tarqatishda yordam beradigan rus ijtimoiy tarmoqlarini tartibga chaqirib qoʻyish kerak.

Malkevich OAVlarga alohida murojaat qilib, giyohvand moddalar bilan bogʻliq lavhalarni oʻz saytlarida tarqatmaslikni soʻradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 80% maktab oʻquvchilari rep tinglagach, narkotik isteʼmol qiladi