14:00 / 04.12.2019
2 861

Turkmanistonda sobiq ichki ishlar vaziri va prezident xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari qamaldi

Turkmanistonda sobiq ichki ishlar vaziri va prezident xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari qamaldi
Turkmanistonda sobiq ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov qator jinoyatlar, jumladan, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va juda katta miqdorda pora olishda ayblanib sudlandi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Botir Atdayev davlat xavfsizlik kengashi yigʻilishida xabar berdi.

Turkmaniston televideniyesi sochi butunlay olib tashlangan va qoʻllariga kishan taqilgan sobiq vazirni koʻrsatdi, deb yozmoqda “Alternativniye novosti Turkmenistana”.

Iskandar Mulikov

“Mening jinoyatlarim aniqlanganidan keyin qonuniy asosda jinoiy javobgarlikka tortildim, - dedi I.Mulikov koʻzlarini koʻtarmagan holda. - Men notoʻgʻri xatti-harakatimni tan olaman va afsuslanyapman”.

Migratsiya xizmatining sobiq rahbari, oʻz vaqtida prezident xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Meylis Nobatov ham shu kabi jinoyatlarda ayblangan.

Meylis Nobatov

Nobatovning soʻzlariga koʻra, jinoyatlarini 2015-2019-yillarda, “yuqori lavozimlarda ishlagan paytida” sodir etgan. Migratsiya xizmati rahbari lavozimidan ketganidan keyin, u bir necha bor prezident tansoqchilari tarkibida koʻrinish bergan.

Sobiq ichki ishlar vaziri shu yilning 1-oktyabrida barcha unvonlaridan mahrum qilingan vv ishdan boʻshatilgandi. Manbalarda uning ishdan boʻshatilishi uzoq muddatga qamalgan tadbirkor Chara Qulovning ishi bilan bogʻliq ekani aytiladi. Xabar qilinishicha, sobiq vazirlar va yuqori lavozimli shaxslar tadbirkor Ch.Qulov bilan birga hokimiyatni qoʻlga olish niyatida boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda sobiq ichki ishlar vaziri va prezident xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari qamaldi