date

Rossiya yana yozgi va qishki Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya yana yozgi va qishki Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda u Rossiya Olimpiya qo‘mitasining 115 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida so‘zlab, kelajakda ham mamlakat Olimpiya o‘yinlarini qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Putin Rossiyaning Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining asoschilaridan biri ekanini eslatib, 1980 yilda Moskvada va 2014 yilda Sochida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari yuqori darajada tashkil etilganini qayd etdi.

U Rossiya Olimpiya qo‘mitasi sportni rivojlantirish, sportchilarni tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xalqaro gumanitar aloqalarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratishini ham ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya yana yozgi va qishki Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin