Eron Pokiston kemalarining Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishiga yana ruxsat berdi

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida Eron yana 20 ta Pokiston kemasining Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan xavfsiz o‘tishiga ruxsat berganini e’lon qildi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dorning ma’lum qilishicha, Eron hukumati Pokiston bayrog‘i ostidagi kemalarning bo‘g‘oz orqali harakatlanishiga rozilik bildirgan. Har kuni ushbu yo‘ldan ikkitadan kema o‘tadi.
Vazir bu qarorni mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim hamda konstruktiv qadam sifatida baholadi.
Ishoq Dorning ta’kidlashicha, ishonchni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar, diplomatik muloqot va hamkorlik mavjud masalalarni hal qilishning eng to‘g‘ri usuli hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing