Eron parlamenti spikeri: AQSh yashirin yer operatsiyasini rejalashtirmoqda

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bog‘ir G‘olibaf AQShni mamlakat hududida yashirin yer operatsiyasini rejalashtirishda aybladi.
Uning ta’kidlashicha, Amerika muzokaralar haqida ochiq xabarlar tarqatib, diplomatik muloqot ko‘rinishi yaratmoqda, ammo orqasida sirli harbiy hujumni tayyorlamoqda.
“Dushman muzokaralar va muloqot haqida xabar berayotgandek ko‘rsatmoqda, lekin aslida sirli yer hujumini rejalashtirmoqda. U bilmaydi, bizning kuchlarimiz amerikalik askarlarning yerimizga kirishini kutmoqda va shunda ularga qarshi o‘q ochib, ularning mintaqadagi hamkasblarini doimiy jazolaymiz”, — deyiladi Eron davlat televideniye va radiokompaniyasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eron hududidagi, jumladan, Tehrondagi obyektlarga zarbalar berdi. Eron esa javoban Isroil hududidagi va Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga hujumlar o‘tkazmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!