18:12 / 04.12.2019
2 585

Oʻrta hol amerikaliklarni qanday muammolar qiynaydi?

Oʻrta hol amerikaliklarni qanday muammolar qiynaydi?
Oʻzbekistonda aholining aksarini (poytaxt va baʼzi markaziy shaharlarni hisobga olmaganda) bugun bir xil muammo qiynamoqda: energiya taqchilligi, svet oʻchishi va isitish uchun gazning yoʻqligi. Boshqa yana koʻplab muammolar bor, lekin ular ikkinchi darajada hozir.

Amerikaliklar-chi? Oʻrtacha amerikaliklar, asosan, qanday muammolardan shikoyat qiladi? Ular hayotidagi eng ogʻriqli muammolar nima?

Amerikaliklar oldida kundalik yoki qisqa muddatli muammolar yoʻq. Ularda svet oʻchmaydi, qishda gazi pastlamaydi yoki oziq-ovqat narxi mavsumdan mavsumga qarab oʻzgarmaydi. Kartoshka-piyozdan tortib qulupnay va tarvuzgacha - hammasi qishin-yozin doʻkonlarda mavjud va yil 12 oy ularning narxi bir xil turadi.

Oʻrta sinf amerikaliklarni kelajak koʻproq xavotirga soladi. Qisqa muddatda emas, uzoq muddatda ahvol yomonlashishi mumkin, degan xavotirlar bor. Bu qanday muammolar?

Baʼzilarini sanab oʻtaman:
- boylar va oʻrta sinf oʻrtasida daromaddagi tafovut borgan sari kengayib borayotgani (yaʼni boylar boyib, kambagʻallar yanada qashshoqlashib bormoqda);
- uy, sogʻliqni saqlash, taʼlim olish narxlari borgan sari qimmatlashib borayotgani, ammo oʻrtacha maosh bunga mos tarzda oʻsmayotgani;
- odamlarda isteʼmol krediti qarzlarining oʻsib borayotgani, irqchilik va oq millatchilik kuchayayotgani, iqlim isishi oqibatida atrof-muhitning ifloslanishi.

Bularning salbiy asoratini 1-2 yilda sezish qiyin, lekin haqiqatda kelajak uchun jiddiy xavfga aylanishi mumkin boʻlgan muammolar. Saylovlarda nomzodlar, asosan, shu mavzularda bahslar olib boradi. “Amerika orzusi” AQSHda tobora ushalishi qiyinlashib borayotgan orzuga aylanib qolgani haqida avvalroq ham yozgan edim.

Lekin, har qalay, Amerikada hech kim ochidan oʻlmaydi, koʻchada qolib ketmaydi yoki qishda sovuqdan, svet oʻchganidan qiynalmaydi, yaʼni qisqa muddatda ularning muammolari yoʻq. Ammo yuqorida tilga olingan baʼzi salbiy oʻzgarishlar borki, agar vaqtida ularga chora koʻrilmasa, oqibati kelajakda yomon boʻlishi mumkin.

Behzod Mamadiyev

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oʻrta hol amerikaliklarni qanday muammolar qiynaydi?