08:30 / 12.12.2019
3 163

Time nashri «Yil odami» nomini ma’lum qildi (video)

Time nashri «Yil odami» nomini ma’lum qildi (video)
16 yoshli shved iqlim o‘zgarishlari faoli Greta Tunberg Amerikaning Time nashri tomonidan Yil odami deb topildi.

Portugaliya yaqinidagi Atlantika okeani qirg‘oqlarida turgan Tunberg rasmiga “Yoshlarning kuchi” deb “imzo chekilgan”. “Biz go‘yoki ertangi kun yo‘qdek yashashni davom ettira olmaymiz, chunki u bor”, - deya iqtibos keltiradi Greta.

Greta Tunberg
16 yoshli maktab o‘quvchisi dunyo iqlim faollaridan biridir. Shu yilning sentyabr oyida u iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha o‘tkazilgan BMT sammitida ishtirok etgan edi. BMTdagi nutqidan so‘ng Greta butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘ldi. Uning nutqidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan norozilik namoyishlari o‘tkazilgandi.

Bir necha kun oldin Time tomonidan “Yil odami”ning qisqacha ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ro‘yxatda AQSh prezidenti Donald Tramp, XXR rahbari Si Szinpin, Yangi zelandiya bosh vaziri Jastin Ardern, Facebook rahbari Mark Sukerberg hamda Gonkong namoyishchilari bor edi.

2018 yilda “Yil odami” nominatsiyasi g‘oliblari o‘z qarashlari va tergovlari uchun ta’qibga uchragan jurnalistlar edi. Ushbu ro‘yxatni saudiyalik marhum jurnalist Jamol Qoshiqchi boshqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Time nashri «Yil odami» nomini ma’lum qildi (video)