09:50 / 24.01.2020
3 850

JARda yashovchi erkak 2 oydan beri baland simyog‘ochga o‘rnatilgan bochkada yashamoqda

JARda yashovchi erkak 2 oydan beri baland simyog‘ochga o‘rnatilgan bochkada yashamoqda
Foto: Meduza
JAR fuqarosi Vernon Kryuger 24 metr balandlikdagi simyog‘ochga o‘rnatilgan vino bochkasida yashamoqda, deb yozadi Meduza'ga asoslanib Daryo nashri.
U bochkaga chiqib olganiga ikki oydan oshdi. Kryuger hali beri tushmoqchi emas. Erkak uchun bu irodani sinash usuli.

Erkak 1997 yilda simyog‘ochdagi bochkada o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. O‘shanda u 67 kunini bochkada o‘tkazgan. Undan keyingi rekord esa 54 kunni tashkil etgan.

Kryuger 2020 yilning 21 yanvarida o‘z rekordini yangiladi. Endilikda u yanada kattaroq marrani ko‘zlamoqda. Bu safar Kryuger hech bo‘lmasa 80 kun bochkada o‘tirmoqchi.

Erkakning aytishicha, bochkada o‘tirish unchalik ham yomon emas. Kryugerning smartfoni bor, internetga kirib turibdi. Bundan tashqari uning tanasi ham bochkada yashashga ko‘nikdi. U ertalab va kechki payt gimnastika qiladi.

Kryugerga restoranlardan ovqat olib kelib berishyapti. Buyurtma pastdan arqon orqali tepaga chiqariladi.
Agar Kryuger qachondir bochkadan tushishga qaror qilsa, uni vertolyotda olib ketishadi. U bochkaga vertolyot yordamida chiqqan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JARda yashovchi erkak 2 oydan beri baland simyog‘ochga o‘rnatilgan bochkada yashamoqda