Netanyaxu Eron oliy rahbarini o‘ldirish bilan tahdid qildi

Reuters xabariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronning yangi oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bu Netanyaxuning urush boshlanishidan beri birinchi matbuot anjumani bo‘ldi. U deyarli ikki haftalik bombardimonlardan so‘ng Eron “avvalgidek emas”ligini ta’kidladi va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hamda Basij yarimharbiy tuzilmalariga zarbalar yetkazilganini bildirdi.
Netanyaxudan Eronning yangi oliy rahbari va “Hizbulloh” yetakchisiga qarshi qanday choralar ko‘rilishi haqida so‘ralganda, bosh vazir shunday javob berdi:
“Men terrorchi tashkilot rahbarlaridan birortasiga ham hayot sug‘urtasi bermagan bo‘lardim… Qanday reja qilayotganimiz yoki nima maqsad qilayotganimiz haqida aniq ma’lumot bermayman.”
Isroil rahbari Eronga qarshi hujumning asosiy maqsadi Tehronning yadroviy va ballistik raketa dasturlaridan kelib chiqayotgan “ekzistensial tahdidni yo‘q qilish” ekanini aytdi. Shuningdek, u eronliklarni norozilikka chorlab, hukumatni ichkaridan ag‘darishga chaqirgan.
Netanyaxu:
“Biz qanday choralar ko‘rayotganimizni batafsil oshkor qilmaymiz. Rejimni ag‘darish uchun optimal sharoitlar yaratmoqdamiz. Ammo Eron xalqi rejimni ichkaridan ag‘daradi, degan to‘liq ishonchimiz yo‘q. Biz, albatta, yordam bera olamiz va buni qilmoqdamiz.”-
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!