Foto: REUTERS / Aly Song
Xitoyning markaziy harbiy kengashi Uxan shahrida tarqalgan yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashga armiyani jalb qildi. Shaharga 40 nafar harbiy shifokor jo‘natilgan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, harbiy kengash talabi bilan harbiylarni koronavirus tarqalishiga qarshi kurashga jalb qilish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Harbiy shifokorlar Uxanning pulmonologiya gospitali intensiv davolash bo‘limiga yuborilgan. Ular mahalliy shifokorlarga epidemiyaga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishadi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2019-nCoV koronavirusidan halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi, kasallanganlar soni esa 850 nafardan oshdi.
“Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, Xitoy moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mlrd yuan (145 mln dollar) mablag‘ ajratgan.
Shuningdek, Xitoy madaniyat va turizm vazirligi turagentliklarga mamlakat bo‘ylab sayohatlarga turpaketlarni sotishni to‘xtatishni buyurgan. Bundan tashqari, Xitoyning ko‘plab diqqatga sazovor joylariga tashriflar to‘xtatilgan. Jumladan, Buyuk Xitoy devorining bir qismi, Shanxaydagi Disneylend ko‘ngilochar bog‘i tashrif uchun yopilgan. Pekindagi “Qush uyasi” nomi bilan ma’lum bo‘lgan milliy stadion 30 yanvargacha yopilgan. 25 yanvardan turistlarga Min sulolasi imperatorlari sag‘anasiga va Inshan o‘rmoniga kirish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi