Foto: Getty Images
Xitoyda bir kun ichida yangi turdagi koronavirus bilan chaqiriluvchi zotiljamdan vafot etganlar soni 24 nafarga oshib, 106 nafargacha, kasallanganlar esa 1,3 ming nafarga ko‘payib, 4515 nafargacha yetdi.
Virus o‘chog‘i hisoblanayotgan Uxanda 22 kishi, Tyanmen shahrida esa 2 kishi vafot etgan.
O‘z navbatida hongkonglik mutaxassislar Uxanda virusdan kasallanganlar sonini 44 ming kishiga baholashmoqda.
Bu orada Xitoyning sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ko‘p holatlarda virusdan kasallanganlar, ayniqsa yoshlar va bolalar kasallikni yengil o‘tkazayotganlari, biroq virus hattoki emizikli bolalarga ham yuqishi mumkinligini ma’lum qilishgan.
Xabarda ma’lum qilinishicha, kasallikning inkubatsion davri odatda 3-7 kunni, eng ko‘pi bilan 14 kunni tashkil qiladi.
Qo‘mitaning baholashicha, hozirgi turdagi zotiljam Xitoyda 2003 yilda avj olgan atipik zotiljam (SARS) bilan 85 foiz o‘xshashlikka ega. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi