Hindiston Milliy texnologiya institutining katta tibbiy maslahatchisi Madan Gopal koronavirusning tez tarqayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Aholisi zich joylashgan mamlakatlarda yovvoyi hayvonlar iste’mol qilinadi hamda ulardan an’anaviy tibbiyot retseptlari asosida dori-darmonlar tayyorlanadi. Shu tariqa yovvoyi hayvonlar bilan munosabat yuzaga keladi.
Koronaviruslar oilasi zootikdir, ya’ni guruhning barcha “vakillari“ hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin. Shu bois har qanday tirik mavjudotlar infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Bu esa vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bunday sharoitda esa nafaqat odamlarni, balki ularning uy hayvonlarini ham davolash kerak bo‘ladi.
Koronaviruslar umumiy shamollash bilan birga og‘ir ko‘rinishdagi holatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bularning barchasi virusning o‘ziga xos turiga va inson immunitetiga bog‘liqdir.
Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi tasdiqlagan ma’lumotga ko‘ra mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 40,171 kishini tashkil etadi. Mamlakat tashqarisida esa infeksiya bilan bog‘liq 558 holat qayd etilgan. Kasallik tufayli 910 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlarning 908 nafari Xitoy fuqarolaridir. Shuningdek, Gongkong va Filippinning bir nafardan fuqarosi hayotdan ko‘z yumgan.
Hozigacha mazkur kasallik Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kambodja, Nepal, Ispaniya, Shimoliy Koreya, Ukraina mamlakatlari fuqarolarida aniqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi