20:35 / 21.02.2020
2 650

Efiopiyaga uzoq yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelingan toj qaytarildi

Efiopiyaga uzoq yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelingan toj qaytarildi
Foto: Meduza
Efiopiyaga uzoq yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelingan bebaho yodgorlik — XVIII ga mansub liturgik toj qaytarildi. Bu haqda Meduza'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Toj 1990 yillarda xorijga olib ketilgandi. O‘shanda uni Niderlandlarga ko‘chib ketgan va bu yerda hamyurtlari bilan ko‘rishgan efiopiyalik muhojir Sirak Asfo tasodifan topib olgandi. Asfo tojni mehmonlardan birida ko‘rib qoladi va uning o‘g‘irlanganini bilib, yodgorlikni unga berishga ko‘ndiradi.

U tojni Efiopiyaga qaytarishni istagandi, biroq mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli uzoq vaqt bunga qo‘l urmadi.

Asfo tojni uzoq vaqt uyida yashirib yurdi va oradan 21 yil o‘tib, uni Efiopiya rasmiylariga qaytarishga qaror qildi. 20 fevral kuni toj mamlakat bosh vaziri Abiy Ahmad Aliga topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Efiopiyaga uzoq yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblab kelingan toj qaytarildi