Foto: Reuters
Braziliyada birinchi marta koronavirusga chalinish holati tasdiqlandi. Shu tariqa Osiyoda paydo bo‘lgan epidemiya sharoitida Janubiy Amerikada birinchi kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda 26 fevral, chorshanba kuni, Business Insider xabar berdi.
Nashrning yozishicha, koronavirus yuqtirgan odam 61 yoshli erkak bo‘lib, u Italiyaning Lobardiya provinsiyasida 12 kun bo‘lganidan keyin San-Pauluga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiyada koronavirusga chalinishning dastlabki holati yanvar oyida kuzatilgan, kasallik xitoylik ikki sayyohdan topilgandi. Fevral oyiga kelib esa kasallanganlar soni yana ortib, virus Italiyaning jami beshta viloyatida qayd etilgan.
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakat shimolida tarqalgan koronavirus infeksiyasiga qarshi amalga oshirilgan chora-tadbirlar yaqin kunlarda o‘z samarasini berishiga ishonishini ma’lum qilgan.
Apennin yarim orolida 25 fevral holatiga ko‘ra, koronavirusga yo‘liqqan bemorlar soni 280 nafardan oshib ketgan. Yetti nafar fuqaro vafot etgan, ulardan oltitasi Italiya shimolidagi Lombardiyada yashagan. Barcha o‘lim holatlari yoshi keksa insonlarda, xususan, o‘simta kasalliklari bilan og‘riganlarda kuzatilgan.
Hozirda Italiyada ikki hudud – Lombardiyada Kodono shaharchasi yaqinida 10 ta kommuna izolyatsiya qilingan, shuningdek, Veneto viloyatidagi Vo shahri karantinda.
Koronavirus tarqalishi sababli Italiyada karnaval, modalar namoyishi, futbol uchrashuvlari bekor qilindi. Italiya poyezdlarining yo‘lovchilari esa koronavirusga tekshirilgandan keyingina Avstriya chegarasidan o‘tishga ruxsat berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi