Amazon kompaniyasining aksiyalari narxi 26 iyuldagi sotuvlar chog‘ida 1,1 foizga oshdi, buning natijasida uning kapitalizasiyasi 502,6 milliard dollarga etdi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Amazon’dan tashqari, 500 milliarddan ortiq narxga baholangan kompaniyalar juda oz. Bular — Apple, Microsoft va Alphabet.
2017 yil boshidan buyon Amazon’ning bozor narxi 146,3 milliard dollarga oshdi. Qiyos uchun, tushum bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turuvchi Wal-Mart riteyleri aksiyalari shu davr ichida 23 milliard dollarga oshib, 235,4 milliard dollarni tashkil qildi.
Amazon kapitalizasiya bo‘yicha Wal-Mart’dan ikki yil muqaddam o‘zib ketgan edi.
O‘z navbatida, bu muvaffaqiyatlar natijasida Amazon rahbari Jeff Bezos jahondagi eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Bill Geytsga yaqinlashib oldi. Ularning orasidagi farq endilikda 1 milliard dollarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi