Uyni jihozlashda tabiiy yashil rangdan foydalanamiz

  • 06 fevral 2017, 08:52
  • 6 613
  • Hayot tarzi
  • Uyni jihozlashda tabiiy yashil rangdan foydalanamiz

    Greenery, yoki «maysa o‘t» — Pantone fikriga ko‘ra 2017 yilning mashhur ranglar 10 taligiga kiruvchi rang.

    Uyni jihozlashda undan qanday foydalanish mumkin?

    Tabiiy yashil rang mehmonxonada ijobiy muhit va ishonchli vaziyat yaratishga yordam beradi. Xonani jihozlashda yashil rang bilan birgalikda oq yoki kulrangdan ham foydalanish mumkin.

    Ko‘pincha mehmonxona devorlari uchun oq rangdan, pardalar uchun esa yashil rangdan foydalanishadi. Lekin buning aksi ham ya’ni devorga yashil rangni, pardaga esa oq rangni tanlash ajoyib ko‘rinish bag‘ishlaydi.

    Oshxona uchun yashil rang juda mos, lekin ishtaha uyg‘otuvchi rang hisoblanadi. Yaxshisi, bu rang qo‘shimcha jihozlarda ishlatilgani ma’qul.

    Greenery rang bolalar xonasi uchun juda mos tushadi. U hissiy tanglikni yumshatishga va aqliy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi.

    Yashil rang oq, moviy, och qizil va havoranglar bilan uyg‘un tushadi. Bu ranglar kombinasiyasi ayniqsa bolalar xonasi uchun ajoyib variant hisoblanadi.

    Yotoqxona uchun esa yashil rang va uning boshqa tuslari mutlaqo tabiiy ko‘rinadi.

    Agar yashash joyingiz ko‘rinishiga hayotiy ruh bag‘ishlamoqchi bo‘lsangiz, Greenery ayni siz istagan rangdir.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uyni jihozlashda tabiiy yashil rangdan foydalanamiz