date

Toshkentda hayit kuni jamoat transportlari ertaroq xizmat ko‘rsatadi

Toshkentda hayit kuni jamoat transportlari ertaroq xizmat ko‘rsatadi

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yil 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti o‘z ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy axborot berildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror jamoat transportidan foydalanib hayit namozida qatnashishni rejalashtirayotgan aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.

Jumladan, 20 mart – Ramazon hayiti kuni metro poyezdlari harakati odatiy vaqtdan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bayram kunlarida “Toshkent metropoliteni” DUK yo‘nalishlarida poyezdlar qatnovi quyidagi tartib asosida yo‘lga qo‘yiladi:

2026 yil 20–21 mart kunlari metro poyezdlari harakati shanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
2026 yil 22–23 mart kunlari esa metro poyezdlari yakshanba kuni uchun belgilangan jadval asosida harakat qiladi.

Yo‘lovchilardan ushbu jadvalni hisobga olgan holda o‘z harakatlarini oldindan rejalashtirish so‘raladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda hayit kuni jamoat transportlari ertaroq xizmat ko‘rsatadi