Maktablarda bahorgi ta’til sanasi rasman e’lon qilindi

O‘zbekistondagi maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ramazon hayiti 20 mart kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ta’til 20 martdan 28 martgacha davom etadi.
O‘quv yilining 4-choragi 30 mart (dushanba) kunidan start oladi.
Shuningdek, 20 mart (juma) va 28 mart (shanba) kunlaridagi darslar 4-chorakda zichlashtirilgan holda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, bayram munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni deb belgilangan:
— 20 mart — Ramazon hayiti
— 21 mart — Navro‘z
— 22 mart — dam olish kuni
— 23 mart — 5 kunlik ish haftasi uchun dam olish (6 kunliklarda ish kuni)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing