Bananning biz bilmagan 10 foydali xususiyati

  • 09 fevral 2017, 10:36
  • 6 756
  • Hayot tarzi
  • Bananlar — "foyda" bilan "shirin maza" bo‘lgan mahsulotdir. Uning tarkibidagi vitamin va boshqa moddalar bizning organizmizni har tomondan o‘rab turadi.

    Quyida uning ko‘zga tashlanmaydigan foydali xususiyatlari bilan tanishamiz. Biroq bu barcha bananlarni ham eyish mumkin, degani emas.

    Onkologik kasalliklardan profilaktika
    Bananning biz bilmagan 10 foydali xususiyati

    Bananda onkologik kasalliklarni (o‘simta nekrozi omili) oldini olishga yordam beruvchi muayyan oqsil mavjud. Bu moddaning miqdori etilgan mevalarda ancha yuqori bo‘ladi. Shu sababli qora dog‘lar bilan qoplangan yoki qoraygan bananlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi, deb yozadi Kun nashri.

    Tomir tortishi bilan kurash

    Minerallar etishmovchiliigi — mushaklardagi tomir tortishishining asosiy sababidir. Banan kabi kaliy va magniyga boy egulikni iste’mol qilish mushak spazmlarini bartaraf qiladi. Shu sababli ko‘plab sportchilar uni o‘z taomlari ro‘yxatiga kiritishadi.

    Buyrak kasalliklarini oldini olish

    Tarkibida etarli miqdorda kaliy bo‘lgan egulik buyrakda tosh yig‘ilishining oldini oladi. Tadqiqotlarga muvofiq, bananni doimiy taomlar ro‘yxatiga kiritish buyrakdagi xavfli o‘smalar paydo bo‘lish ehtimolini ham 40 foizga qisqartiradi.

    Mustahkam yurak

    Etarlicha kaliyga ega mahsulot qon bosimi oshib turadigan va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga tavsiya qilinadi. Har kuni 1,3 grammdan bu mineral tanovul qilinsa, yurak bilan bog‘liq hastaliklarni 26 foizga qisqartiradi. Bu o‘rinda esa kuniga 2-3 dona banan eyish foydali.

    Toza qon tomirlar

    Tomirlar o‘tkazuvchanligining yomonlashuviga ateroskleroz keltirib chiqaruvchi xolesterin sabab bo‘ladi. Bananlarda tomirlar tizimining salomatligini saqlaydigan fitosterollar mavjud.

    Sog‘lom oshqozon

    Bananlar oshqozon yarasi mavjud bo‘lgan kishilarga tavsiya qilinadi. Bu mevalar oshqozon devorini himoya qiluvchi shilimshiq sekresiyasini ishlab chiqarishga yordam beruvchi maxsus fermentga ega.

    Energiya manbai

    Vitaminlar va minerallar ko‘pligi bananlarni ajoyib energiya manbai ekanligini tasdiqlaydi. Oddiy uglevodlar tezda hazm bo‘ladi va deyarli bir zumda zaarur hollarda energiya resurslari taqchilligini to‘ldiradi.

    Yaxshi kayfiyat

    Bananlarda baxt garmoni (dofamin), shuningdek, asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi V guruhidagi vitaminlarga boy. Bu esa asablar taranglashib, kayfiyat buzilgan ko‘proq banan eyish kerakligini anglatadi.

    Diabetga yordam

    Bu tropik mevalarda 2 toifali qand diabeti bilan og‘ringan bemorlar ahvolini yaxshilaydigan o‘zgacha kraxmal turi mavjud. Biroq bu modda ko‘proq yashil bananlarda uchraydi. Taqqoslash uchun, yashil mevada o‘rtacha hajmda — 12,5 gramm, etilib pishganda esa 5 gramm kraxmal mavjud.

    Kelishgan qaddi-qomat

    Kraxmal ortiqcha hajm va yog‘li qatlamlar shakllanishining oldini oladi. Bu holatda tavsiya etiluvchi meva miqdori — 10 gramm. Albatta, bananlar eyishdan tashqari, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda oziqlanish odatlarini nazorat qilish talab etiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bananning biz bilmagan 10 foydali xususiyati